Payshanba, 28.11.2024, 18:51
maktabim.uz - yangi manzilimiz
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Testlar [1]
Testlar
Dars ishlanmalar [2]
Dars ishlanmalar
Ssenariylar [13]
Ssenariylar
Наш опрос
Saytga baho bering
Всего ответов: 298
Мини-чат
Статистика

Hozir saytda: 6
Mehmonlar 6
Foydalanuvchilar: 0

04:21
Mavzu: FOLKLOR MUSIQASI

Mavzu: FOLKLOR  MUSIQASI

 

   Darsning maqsadi:

 

  1. ta’limiy maqsad – o‘quvchilarga o’zbek folklor musiqasi haqida ilmiy bilim berish, ularga mavzu yuzasidan yangi tushunchalar hosil qilish;
  2. tarbiyaviy maqsad - o‘quvchilarda Vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, har qanday vaziyatda ham o‘zini tuta oladigan, o‘rtoqlari va o‘qituvchisi oldida odob doirasida ish yurita oladigan, o‘z fikrini ochiq va erkin bayon qila oladigan shaxs sifatida tarbiyalash;
  3. rivojlantiruvchi maqsad – o‘quvchining san’atga bo’lagan qiziqishlarini rivojlantirish, uni sevishga o’rgatish, shu bilan birga, o‘quvchida topqirlik, zukkolik, tezkorlik kabi ijobiy xislatlarni shakllantirish.

 

    Darsning metodi:

   Og‘zaki, savol-javob, an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar.

 

    Darsning jihozi:

  1. 6-sinf musiqa darsligii;
  2. Namoyish uchun zaruriy jihozlar, musiqa asboblari  va boshqalar.

 

      Darsning rejasi:

 

  1. O‘tilgan mavzuni so‘rash;
  2. Yangi mavzu bayoni;
  3. Folklror qo’shiqlardan namunalar;
  4. Darsni yakunlash va uyga topshiriq.

 

O‘qituvchi quyidagi savollar bilan o’tilgan mavzuni so’raydi:

 

            1. Zamonaviy musiqa turlari haqida gapirib bering.

2. Siz tinglagan «Mustaqillik lolalarimiz» qo'shig'ining mualliflari kimlar? Ularning yana qaysi asarlarini bilasiz?

3. «O'zbegimdan aylanay» qo'shig'i qaysi ladda yozilgan?

4. «O'zbegimdan aylanay» qo'shig'ini jonli, aniq talaffuz bilan yoddan kuylang.

5. Alteratsiya   belgilariga   qarab   asarning   qaysi   ladda   yozilganini   aniqlash mumkinmi?

Yangi mavzu bayoni.Folklor musiqasini milliy urf-odatlarimiz, marosimlarimizning ohanglardagi ko'rinishi desak bo'ladi. Bu namunalar xalqimizning kundalik hayoti, mashg'uloti va milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog'liqdir. Ularni asrash va kelajak avlodga to'laqonli yetkazish maqsadida maxsus folklor ansambllari tashkil etish joriy etildi (1978-yilda ilk bor Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida «Gulyor» folklor ansambli tashkil etilgan. Ayni paytda esa, barcha viloyatlarda bunday ansambllar tashkil etilib, faoliyat ko'rsatib kelmoqda).

Musiqa merosi tarkibidan joy olgan folklor namunalari orasida o"zbek xalqining urf-odatlariga asosiangan marosim qo'shiqlari alohida ahamiyat kasb etadi. Odatda, ular o'z xususiyati doirasida quyidagi turlarga bo'linadi:

a)    Bolalar folklori: «Boychechak», «Oq terakmi, ko'k terak», «Chamanda gul»;

b)   mehnat bilan bog'liq qo'shiqlar: «Mayda-mayda», «Yozi», «Xo"sh-xo'sh», «Charxim»;

 

d)   to'y-marosimlari bilan bog'liq qo'shiqlar: «Yor-yor», «Kelinsalom», «To'ylar muborak»;

e)   diniy qo'shiqlar: «Sadr», «Zikr», «Marsiya»;

0 afsuniy qo'shiqlar yomg'ir chaqirish maqsadida ijro etilgan: «Sust xotin» va oy-quyosh tutilganda aytiladigan qo'shiqlar.

Shu bilan birga alia, lapar, terma, qo'shiq janrlaridagi musiqiy namunalar ham o'zbek folklor musiqasining asosiy janrlaridan hisoblanadi.

O'zbek dostonchilik san'ati yirik janrlar qatoriga kirib, nasriy, she'riy va musiqiy xususiyatlarni o'zida jamlagan adabiy-musiqiy kompozitsiya demakdir. Xalq ijodiyotida bahodirlik, qahramonlik, tarixiy va lirik dostonlar mavjud:

 

 

 

 

Bolalar folklor ansambili.

1)       Bahodirlik doslonlariga \alq orasidan chiqqan va bahodirlik bilan dong taratgan alplar hayotiga asoslangan «Alpomish»;

2)   Qahramonlik dostoniga «Yusuf va Ahmad», «Alibck va Bolibck», «Sohibqiron»;

3)   Tarixiy dostonlarga «hkandarnoma». «Shayboni\von». «Kunbotir va Oysuluv»;

4)   Lirik-romantik xarakterdagi dostonlarga «Oshiq G*arib va Shohsanam». «Ravshan va Zukumor», «Rustam», «Go'ro*g'li», «Balogardon», «Bo'tako'z» misol bo'la oladi.

Dostonlar janriga bir qator o'tmish shoirlari ham murojaat etganlar. Firdavsiyning «Shohnoma». Nizomiy Ganjaviyning «Haft paykar» turkumi (7 ta dostondan iborat). Alishcr Navoiyning «Xamsa» va boshqalar shular jumlasidandir.

O'zbek musiqa san'atida dostonning ikki ijrochilik uslubi mavjud: Xorazm doston ijrochiligi va Surxondaryo — Qashqadaryo ijrochilik usliiblari. Xorazm doston ijrochiligida  dostonning ma*lum  qismi  so'z bilan ifodalanib, ma'lum

bir bo'laklari qo'shiq ko'rinishida kuyga solib aytiladi. Ijro jarayonida dostonchilar tor, garmon, dutor, doyra, bulamon cholg'ularidan foydalanadilar. Ayni paytda, Bolabaxshi taxallusi bilan mashhur bo'lgan Qurbonnazar Abdullayevning ijodi va ijro uslubi keng ommalashgan.

Surxon vohasi doston ijrochiligi qadimiy uslubga asoslangan bo'lib, do'mbira jo'rligida ijro etiladi. Ushbu vohaning asosiy musiqiy janrlaridan hisoblangan dostonlar ayni paytda bir qator ijro yo'llariga ega. Har bir yo'nalishning o'ziga xos ijro an'analari shakllangan va shunga munosib davomchilariga ham egadir. Xalqimizning mashhur dostonchilaridan Ergash Jumanbulbul o'g'li, Po'Ikan shoir, Islom shoir, Abdulla Nuraliyev va boshqalar barakali ijod qilishgan.

O'ZBEKISTON - JANNAT

Dilshod  Rajab   she'ri

Xurshida   Hasanova  musiqasi

O'z-be-kis-ton      de-gan     jan-nat jo- yi    bor  u- ning.

Sig'masa ham o'zi do'stga Joyi bor uning. Yo'lovchiga bir piyola Choyi bor uning.

N a q a r о t :

Do'ppisini ko'kka otib,

Shodlansa arzir.

O'zbekiston degan jannat

Joyi bor uning.

O'zbekiston — jannat, O'zbekiston — jannat.

O'zbekiston degan jannat joyi bor uning.

O'g'il-qizi yorug' yulduz, Oyi bor uning. O'chmas izi, bosadigan Toyi bor uning.

N a q a r о t

 

 

 

Folklor ijrochisi  L.  Nurimova (Bo"stonliq folklor ansambli  rahbari).

 

Nurimova Lazokat Mirsalim qizi

Respublikamizda birinchilar qatorida folklor-ctnografik ansamblini tashkil ctgan. Xalq valla va laparlarining moliir ijrochisi. tashkilotchi rahbar va ustoz. 1923-yili Bo'stonliq tumani G'azalkcnt shahrida tug'ilgan. Xalq urf-odatlari bilan bog'liq marosim qo'shiqlarining bilimdoni. 1978-yili «Gulyor» ansamblini tashkil etgan. «Yor-yor». «Onion yor», «Gulyor». «Bilaguzuk». «Tanovar», «Jamalagi tillo», «Qizgina» kabi 200 dan ortiq qo'shiq va termalarni ijro etgan.

 

Buxoro. «Mohi  Sitora»  folklor ansambli.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

      1. Folklor musiqasi haqida nimalarni bilasiz?

    2. O'zbek dostonchilik san'ati va ijrochilik uslublari haqida so'zlab bering.

   3. «O'zbekiston — jannat» qo'shig'i mualliflari kimlar?

 

Uyga vazifa:

O’tilgan yangi mavzuni o’qib kelish. «O'zbekiston —jannat» qo'shig'ini yod olish va  kuylab berishga tayyorlanib kelish.

 

 

 

 

 

Категория: Dars ishlanmalar | Просмотров: 7823 | Добавил: Azamat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Umida  
happy

Имя *:
Email *:
Код *:
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Aprel 2015  »
DuSeChorPayJuShanYak
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Архив записей
Друзья сайта
Copyright MyCorp © 2024