1-boshlovchi:
Bugun shodiyona Navro'zi olam,
Orziqib kutilgan navbahor to'yi!
Assalom yangi yil! Assalom bayram!
Senga atalgusi yuraklar kuyi.
2-boshlovchi:
Yuraklarga solib hayajon,
Eshik qoqar biz kutgan mehmon.
Yelkasida bayram libosi,
Qo`llarida ochil dasturxon.
Dala dashtga bag`ishlab chiroy,
Yurtga keldi yana ko`klamoy.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, davramizga tashrif buyurgan aziz ustozlar va qadrli o’quvchilar, bahor ayyomingiz muborak bo'lsin.
2-boshlovchi: Assalomu alaykum, shodiyonamiz mehmonlari va ishtirokchilari. Sizlarni Navro'z - bahor bayrami, yasharish, poklanish bayrami bilan chin dildan tabriklaymiz. Bugungi kuy-qo'shiqlarimiz sizlar uchun.
1-boshlovchi:
Darhaqiqat, Navro`z – yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg`onishiga guvoh bo`lmish yangi kunning boshlanishidir.
2-boshlovchi:
“Navro`z “ forscha so`zi bo`lib, “ yangi kun “ degan ma’noni anglatadi. Sharq xalqlari tomonidan yilning 21 – mart kuni – kecha va kunduz tenglashgan kun yangi yil, Navro`z bayrami sifatida keng nishonlanadi. U dehqonlar uchun ekin – tekin ishlarini boshlanish pallasiga to`gri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday ta’riflaydi:
Vasli aro ko`rdim, teng emish bo`yi – yu sochi,
Tun – kun ekan, zohir o`lur bo`ldi chu Navro`z.
1-boshlovchi:
Yurtboshimiz Islom Karimov xalqqa va uning ma’naviyatiga qarshi qaratilgan xurujlarga dadil qarshi chiqib, Navro`zni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash lozimligini qat’iy aytganidan keyingina bu ko`hna bayramning ikkinchi umri boshlandi. Mustaqillik yillarida esa Navro`z bayrami ilgari hech qachon ko`rilmagan ko`lam va shukuh–la madaniy hayotimizdan munosib joy oldi.
2-boshlovchi:
Ha, Navro’z bayrami xalqimizning qadimiy va o’lmas an’analarini o’zida jo qilgan milliy bayramimizdir. Bugungi shodiyona kun bilan barchangizni yana bir bor tabriklab, tadbirni ochib berish uchun so’z navbatini maktab direktori vazifasini bajaruvchi, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Furqat Yaxshiyev ustozga bersak.
1-boshlovchi:
Bugun Navro'z bayrami
Zo'r tantana, hamma shod.
Ona yurtga quvnaymiz,
Baxtiyormiz umrbod.
2-boshlovchi:
Yayrab-quvnar bolalar,
Qaldirg'ochday chug'urlab.
Navro'z keldi yurtimga.
Dalalarga shoshaylik,
Keling do'stlar barchamiz
Kuy, qo'shiqlar kuylaylik.
1-boshlovchi: Menimcha, bugungi bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazish uchun har bir sinf o’quvchilari astoydil tayyorgarlik ko’rgan bo’lsa ajabmas. Navbatni Navro’z, Bahor haqidagi she’rlarga bersak. Marhamat tinglab dam oling.
2-boshlovchi:
Boychechak chiqibdi, bugun Navro'z ekan,
Hamma bir-biriga shirin so'z ekan.
Olam ham barobar kecha-kunduz ekan.
Boychechak chiqibdi, bugun Navro'z ekan.
Endi davramizga xushnudlik ulashish uchun navbatni birin-ketin raqslar guldastasiga bersak.
She’rlardan namunalar:
1.Osmonni uyg'otgan Navro'zman, Navro'z,
Iymonni uyg'otgan navro'zman, Navro'z.
Borliqni uyg'otgan oddiy irodam,
Insonni uyg'otgan Navro'zman, Navro'z.
2.Sening iltifoting, ehsoning bilan
Do'stlar diydoriga bir-bir to'yaylik
Adirlar qo'ynida aytib sho'x o'lan
Shaddod bolakayday yayrab kulaylik.
3.Tabiatda bugun o'tli uyg'onish.
Nur bilan kiradi dilga orzular.
Yurakda shodlik etadi xonish
Labdan labga ko'char mayin kulgilar.
Quyosh kirib kelar, ham xonadonga
Barobar ulashar yog'dusin bugun.
Quyosh tabassum etar jahonga
Ushalar dildagi orzular bugun.
4. Navro'z keldi yurtimga
Navbahorni etaklab.
Dala-dashtu qirlarga,
Boychechaklar savatlab
Novdalarni qitiqlab,
Shamol o'ynar qitiqlab.
Fikrlardan namunalar
1. Navro'z yil boshi, Navro'zda kasal bemorlardan, qariyalardan xabar olinadi. Navro'zda bekalarimiz uylarini tozalaydilar. Momolarimiz undirish uchun yoyib qo'yilgan bug'doyga suv sepadilar.
2-boshlovchi: Navro'z 21-martdan 22-martga o'tar kechasi qozon to'ldi udumi bilan boshlanadi. Qozon to'ldi oilaviy udum bo'lib, har bir oila o'z imkoniyatiga qarab taomlar va bo'g'irsoqlar tayyorlangan bobo dehqonlarimiz haqiga is chiqarilgan ekinlarimiz, bug'doylarimiz mo'l bo'lsin deb is chiqarilgan yog'dan bug'doy ekish uchun qo'shga qo'shiladigan ho'kizni shoxini moylashgan.
3. Aziz o’quvchilar. Sizlarni Navro’z haqidagi bilimingizni sinab ko’rmoqchimiz. Aytingchi, Navro'zda qanday taomlar pishiriladi? (ko'k somsa, ko'k chuchvara, sumalaklar, halimalar pishiriladi)
4. Yaxshi bilimingizga tassanno. Keyingi savolni men beraman. Bilasizmi, Navro'zda qanday o'yinlar o'ynaladi? (Varrak uchiriladi, ko'pkari, arqon tortish, xo'roz o'yinlari,kurash, chuchmomo o'yini va hokazolar)
1-boshlovchi: O’quvchilar Navro'z bayrami udumlarimiz an'analarimizdan nimalarni bilasiz?
( Navro'z kuni tug'ilgan o'g'il bolaning ismini Navro'z, qiz bolaning ismini Navro'zoy qo'yadilar.
Qadimda navro'z kunlari qush osh pishirilgan. Navro'z dasturxoniga etti xil daraxt shoxidan namuna keltirib qo'yiladi, ular majnuntol, zaytun, behi, anor, bodom, pista, katiq, sut, pishloq, tuxum, baliq va yonib turgan shamlar qo'yilgan.)
2-boshlovchi: Bolajonlar sumalak haqida nimalarni bilasizlar?
1-bola: Sumalak bibi Fotimaning oshlari.
2-bola: Sumalak ko'pchilik bo'lib tayyorlanadi, aytishlaricha bir qozondan taom eganlar bir-biriga yaqin bo'lib qolar ekanlar
3-bola: Sumalak tagiga olmaslik uchun qozonga 7 yoki 13 dona tosh tashlab qo'yiladi.
(Sahna ko'rinishi)
2-boshlovchi: aytishlaricha qadim zamonlarda bir kambag'al ayol yashagan ekan. Uning Xasan va Xusan degan o'g'illari bor ekan.
Xasan: Oyijon qornimiz och qolib ketdi.
Xusan: Oyijon ovqat egim kelayapti.
Ona: Bolalarim bir ozgina o'ynab turing, men sizlarga ovqat pishirib beraman.
2-boshlovchi: Ona bug'doy poyadan o'tgan yilgi bug'doy boshoqlaridan tushib nish ura boshlagan maysalarni terib kelib yazshilab yuvibdi, qozonga solibdi un xaltasidan bir xovuch unni olib qozonga solibdi va qaynatibdi.
Xasan: Oyijonim ovqat pishirayaptilar.
Xusan: Hozir mazza qilib eymiz.
Ona: Ey Xudo shu pishirayotgan ovqatimga o'zing nazar tashla ikki norasidani rizqini o'zing etkaz, shirinlikni ato qilgin. (Bolalariga qarydi) Bolalarim ham uxlab qoldi. Qozonni og'zini ham yopib qo'yay.
Xasan: (Og'zini ochib) Voy shunday xushbuy taom.
Xusan: Oyi,oyi turing. Ovqatingizni nomi nima. (Yalaydi)
Ona: Bolalarim bu malaklarning karomati bilan pishdi. Uni nomi sumalak.
|