Payshanba, 28.11.2024, 18:52
maktabim.uz - yangi manzilimiz
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Testlar [1]
Testlar
Dars ishlanmalar [2]
Dars ishlanmalar
Ssenariylar [13]
Ssenariylar
Наш опрос
Saytga baho bering
Всего ответов: 298
Мини-чат
Статистика

Hozir saytda: 6
Mehmonlar 6
Foydalanuvchilar: 0

05:07
O`zbekiston yozuvchisi Abdulla Qahhor
O`zbekiston yozuvchisi Abdulla Qahhor

Bu  esdalik  yozuvchi Abdulla Qahhorning 100 yillik tavalludiga bahishlab bibliografiya – o`lkashunoslik axborotlari bo`limi tomonidan  o`rta  va katta yoshdagi  kitobxonlarga mo`ljallab  yozilgan.  Esdalikda yozuvchining  hayoti va ijodidan namunalar yozilgan.    Esdalikdan yozuvchining 100  yoshiga bag`ishlab o`tkaziladigan  tadbirlarida  va  kitob ko`rgazmalarni  tashkil etishda foydalanishingiz mumkin.

 

 

O`zbekiston Respublikasi  bolalar kutubxanasi

O`zbekiston yozuvchisi Abdulla Qahhor

100 - yoshda.

Toshkent-2007.

 

Bu  esdalik  yozuvchi Abdulla Qahhorning 100 yillik tavalludiga bahishlab bibliografiya – o`lkashunoslik axborotlari bo`limi tomonidan  o`rta  va katta yoshdagi  kitobxonlarga mo`ljallab  yozilgan.  Esdalikda yozuvchining  hayoti va ijodidan namunalar yozilgan.    Esdalikdan yozuvchining 100  yoshiga bag`ishlab o`tkaziladigan  tadbirlarida  va  kitob ko`rgazmalarni  tashkil etishda foydalanishingiz mumkin.

 

 

                                                    Chinakam iste'dod sohibi, hamisha xalqni

                         teran   hurmatiga sazovor  bo`lgani, xalq

                                                       dilidan joy  olgani holda  asrlar  osha   yashayveradi.

                                                      O`zbek  adabiyoti asoschilaridan  biri Abdulla

                                                       Qahhor  bosib o`tgan sharafli  va   mashaqqatli

                            Yo`l har-bir qalamkash, har-bir

  oddiy kitobxon uchun  ibrat maktabidir.

 

Ozod Sharofutdinov.

 

O`zbek adabiyoti taraqqiyotiga katta qissa qo`shgan O`zbekiston yozuvchisi Abdulla Qahhor  1907 yilda  Qo`qon  shahrida temirchi oilasida  dunyoga kelgan.

Uning otasi temirchi edi, tirikchilik  uchun qishloqma - qishloq ishlab yurardi. Shu tufayli Abdullaning bolaligi  Yaynan, Kudash, Buvayda, Olg`or,  Oqg`o`rg`on kabi Qo`qon  atrofidagi  qishloqlarda kechadi. 1922-1924 yillarda Abdullaning adabiyotga qiziqishi uyg`onadi. Bu yillarda u  Qo`qon  pedtexnikumida  shoirlar Pushkin, Gogol', Turgenev, Tolstoy asarlaridan  xabardor bo`ladi. Texnikumda chiqadigan "Bilim yurti"  devoriy gazetasida  she'rlari  va maqolalari bilan  tez-tez qatnashib turadi. 1923 yilning dekabr' oyida " Mushtum jurnalida" yozuvchining birinchi fel'etoni bosilib  chiqadi. Shundan keyin u respublika matbuotida "Gulyor", "Yalangoyoq", "Nishi", "Movlon Kufur", taxalluslar bilan  tez-tez  satirik she'rlar, hikoyalar  yoza boshladi. Abdulla Qahhor  1926 yilda O`rta Osiyo Davlat universitetiga  o`qishga kiradi va universitetni  tugatib yana jurnalistik faoliyat  bilan shug`illanadi. Bu yillarda uning o`nlab satirik she'rlari  va ellikdan ortiq fel'etonlari  bosilib chiqdi. Shunday qilib  birin-ketin  yangi  she'rlar , fel'etonlar, hikoyalar , xabarlar, tanqidiy lavhalar     gazetalarda chiqaverdi. "Uchrashganda", "Bildirishi", " Salla-to`n", "har qarisa", "Eshonimning boshlaridan o`tganlari ", "Tort tilingni, olifta  yigit", " O`zing shifo ber", "Oming", "Pesh qildim", "Qo`qon habarlari", "Yangi lug`atlar"  kabi  o`nlab asarlari 1924 yilda bosilib chiqadi.  Shunday  qilib , Abdulla Qahhor  adabiyotga   hajvchi yozuvchi sifatida kirib keldi, birinchi  qadamlaridayoq  yangi o`zbek  adabiyotida fel'eton , hajviy hikoyalar, yumoristik lavha, ocherk kabi janrlarining rivojida rol o`ynadi.

Adibning boshqa hikoyalari ancha yuksak saviyada yozilgan. Masalan "Ko`k konvert", "Kampirlar sim qoqdi" hikoyalarida  bir janr siru asrorini puxta  egallagan, xalq tilini  jami nafisliklarini  yaxshi o`zlashtirgan , qalami ravon adibning shakllangan  uslubini yaqqol sezib turamiz.  Yozuvchining   dunyo yuzini ko`rgan birinchi kitobi 1932 yilda  bosilib chiqqan "Qish hukm ostida" degan kichik  qissasidir. Shundan so`ng uning "Olam  yasharadi", "Tangrining kulgisi" degan  to`plamlari bosildi.  Qissa va to`plamlardagi  hikoyalarining  mavzui muhim,  G`oyalari hayotiy, ko`pchiligida  yosh  yozuvchining hayotini puxta bilishi  sezilib turadi. M.Gor'kiyning "Mening universitetlarim", A.Serafimovichning  "Temir oqim" kabi yirik asarlarini  tarjima qilgani uning bu soxada mehnati hoyat samarador  bo`lganidan  dalolat beradi. Shu bilim va  tajriba asosida A.Qahhor 1930 yilda 23 yoshida  "Sarob" romanini yozishga  kirishib , 1934 yilda tugatdi.  Bu  asar o`zbek prozasining rivojiga  katta hissa  bo`lib qo`shildi. Yozuvchining  urushdan  keyingi  yillarda yaratgan " Qo`shchinor chiroqlari", "Shohi so`zana", "Og`riq tishlar", "Tobutdan  tovush", "Ayajonlarim komediyalari  bilan o`zbek   dramaturgiyasi rivojiga ham  salmoqli qissa qo`shgan. Ayniqsa " Shohi so`zana"  p'esasida dramaturg  quruq va bo`sh yerlarni  o`zlashtirishning  muhim ijtimoiy- siyosiy  ahamiyatini zo`r  mahorat bilan tasvirlaydi.  P'esa mamlakatimiz va qardosh demokratik  respublikalar  sahnalarida   muvaffaqiyatli  namoyish qilindi. Mazkur p'esa boshqa davlatlarda  mukofotga sazovor bo`lgan. Yozuvchining "Sinchalak" 1958 yilda, "Muxabbat"1968  yilda, "O`tmishdan ertaklar" 1965 yilda, Qissalari o`zbek prozasining taraqqiyotiga muhim qissa  bo`lib qo`shildi. U "O`tmishdan ertaklar" qissasi  uchun Hamza nomidagi  Respublika  Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi.  Abdulla Qahhorning birinchi bor qo`l urib  yaratgan hikoyasi  "Boshsiz odam" edi.  Keyinchalik  adib bu hikoyani o`zining olti tomlik  asarlariga  ham kiritdiki, bu fakt muallifining  "Boshsiz odam"ga  munosabati ko`p yillar   davomida  ijobiy bo`lib qolganidan  dalolat beradi. Darhaqiqat , hikoyada adib o`z oldiga qo`ygan  maqsadiga erishgan bo`lgan, esda qoladigan  individual hususiyatlari bilan  ajralib turadigan  qahramon obrazi yaratilgan.

30 -yillarning o`rtalarida Abdulla Qahhor birin-ketin "Anor", "O`g`ri", "Bemor", "Tomashabog` " kabi hikoyalarini  e'lon qildi. Oradan  bir-ikki  yil  o`tgach  "Millatchilik" degan hikoyasi bosilib chiqdi. Ularning hammasi o`tmish mavzuida bo`lib oddiy odamlarning  ayanchli taqdiri  haqida  hikoya  qiladi. "Qo`qon   harobalari  orasida" deb nomlangan  hikoyasida shunday deb yozilgan

 

 

 

Nurlaring o`chmasin bu jahonda,

So`nmagil ey muborak charoq .

Yashagil ko`p zamon  bul zamonda ,

Zulm elin jabr elin aylading.

 

Adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun Abdulla Qahhor O`zbek xalq yozuvchisi unvoni,  orden va medallar  bilan taqdirlandi. U 1968 yil 25 may kuni   Moskva shaxrida  61 yoshida vafot etdi. Vafotidan so`ng  "Buyuk xizmatlari  uchun" ordeni bilan   taqdirlandi.

Abdulla Qahhor o`zbek xalqining qalami o`tkir ijodkori edi. Uning shogirdlari o`z izdoshlarini  ustoz ruhida tarbiyalashga intildilar. Abdulla  Qahhor  qattiqqo`l ustoz bo`lgan , U shogirdlari  asarlarini  sinchiklab tahlil , talqin qilgan . "Ma'rif hakimning " "Hayot Qo`shig`i",  Saidahmad  Husan Ho`jaevning  "Tortiq" to`plamlarini shunday tahrir qildiki, bunday tanqidga  uncha -muncha shogirdning toqat qilishi amri mahol edi. Uning  ayovsiz  lekin, haqqoniy talqinlariga yozuvchilar  ko`nikdilar.  Qattiq qo`l ustoz iste'dod bilan yozilgan asarlar mualliflarini  qo`llab -quvvatlashga alohida e'tibor berdi. E.Voqidov, A.Oripov, U.Nazarov, O`.Umarbekov, O`.qoshimovlar  A. Qahhor meqrini  qozongan ijodkorlardandir.

A.Qahhor  o`z shogirdlari bilan do`st, hamfikr bo`lib ketgan edi. Ustoz xonadonida shogirdlari bilan yig`ilishib turardilar. Xalqimiz "Ustoz  otangdan uluq" deb bejiz  aytmaydi. Xudo yuqtirgan bo`lsagina, odam ustoz maqomiga ko`tariladi. Shogirdlikni   hamma ham uddalayvermaydi. Ustoz va  shogirdlik ikki kishining uzoq davom etadigan ruhiy - ma'naviy, aqliy -e'tiqodiy bahsi, murakkab sinovlardan o`tishi. Hech qachon tayyor shogird bo`lmaganiday, intiluvchi yoshga yuragini  ochib beradigan, tajriba - bilimlarini Xizirday  in'om etadigan ustoz qam bo`lmaydi.

 

Adabiyotlar  ro`yhati.

 

1.  Kampirlar sim qoqdi.: Hikoyalar.- T.:  Adabiyot va san'at nashriyoti, 2000.- 48b.

2.  O`tmishdan ertaklar.: Qissalar.- T.:  Sharq , 2002.- 192b.

3.  Asarlar 5 jildlik.-T.:Adabiyot va san'at nashriyoti, 1987.-336b

4.  Anor. qissa va hikoyalar.- T.: G`.G`ulom nashriyoti, 2005.- 198b.

 

Foydalanilgan  adabiyotlar.

 

1.Sodiqov  T. So`z sayqaltaroshi. G`G`SoG`lom avlod. -2007.-9 may.- B.5.

2.  Sharofutdinov O. Xayot bilan xamnafas.-  T.,- 1983.- B. 3-27.

3. Rasulov A. Ustoz va shogird.; A.Qahhor tavalludining 100 yil oldidan. G`G` Xalq suzi. -2007.-10 aprel.

4.  Sharofutdinov.O .  - T., 1988.  B. 256.

5. Nazarov B. Abdulla Qahhor va jahon adabiyoti.: Adib tavalludining 100 yilligiga.G`G` Xalq so`zi.-2007.-14 avgust.

6. Mirvaliev S. O`zbek adiblari.- T., "Fan" nashriyoti,1993.-B.56-58.

 

Категория: Ssenariylar | Просмотров: 6356 | Добавил: Azamat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 xurshid  
Saytingiz zo'r! O'z tajribangiz bilan o'rtoqlashmaysizmi? Saytim - kabinet.moy.su

Имя *:
Email *:
Код *:
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Aprel 2014  »
DuSeChorPayJuShanYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Архив записей
Друзья сайта
Copyright MyCorp © 2024