Payshanba, 28.11.2024, 18:48
maktabim.uz - yangi manzilimiz
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Testlar [1]
Testlar
Dars ishlanmalar [2]
Dars ishlanmalar
Ssenariylar [13]
Ssenariylar
Наш опрос
Saytga baho bering
Всего ответов: 298
Мини-чат
Статистика

Hozir saytda: 2
Mehmonlar 2
Foydalanuvchilar: 0

04:25
"Unutmas meni xalqim" 9-may - Xotira va qadrlash kuni

"Unutmas meni xalqim"

("Qatag’on qurbonlarini yod etamiz" mavzusida 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan uslubiy tavsiyanoma) 

                               Jafokash xalqimiz asrlar davomida ne-ne og’ir sinovlar,mashaqqatli kunlarni ko’rmadi. O’z ozodligi,erkinligi, tinch hayoti  yo’lida kurashib,behisob qurbonliklar bergan ota-bobolarimiz jasorati tarixiy xotiramizdan hech qachon o’chmaydi.                                                                                                  I. Karimov

  Biz bu kunlarga osonlikcha yetib kelganimiz yo’q. Ozodlik yo’lida xalqimiz behisob qurbonlar bergan. Bugungi yorug’ kunlar uchun hayotini bag’ishlagan minglab millatparvar fidoyi insonlar shafqatsiz atag’onga uchragan. Ular orasida ziyolilar,

qanchadan-qancha kosib va dehqonlar, hunarmandlar, bir so’z bilan aytganda, turli millatga mansub yuz minglab oddiy odamlar bor edi.

 O’z vaqtida turli nohaq ayblar bilan otilgan, bekafan, bejanoza ko’mib tashlangan kishilarning oila a'zolari, qarindosh-urug’lari ham xo’rlik va haqoratga mahkum etilgan edi.

`Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan mamlakatimizda istibdod qurbonlari sha'nini tiklash, tarixiy adolatni qaror toptirish borasida qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Go’zal poytaxtimiz Toshkent shahrida "Shaxidlar xotirasi"

ziyoratgohi bunyod etildi.

2001 yil 1-may kuni Prezidentimizning "Qatag’on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to’g’risida "gi Farmoni e'lon qilindi. Mazkur farmonga ko’ra, har yili 31 avgust kuni - Mustaqillik bayrami arafasida "Shahidlar xotirasi" yodgorlik

majmuida qatag’on qurbonlarini yod etish marosimi bo’lib o’tadi.

Qatag’on qurboni bo’lgan o’nlab ziyolilarning ilmiy va abadiy asarlari chop etilib, mutaxasislar tomonidan keng o’rganilmoqda.

Istibdod davrida qatag’on qurboni bo’lgan ulug’ siymolarni yod etish bilan birga xuddi shunday nohaq zulmga giriftor etilgan jafokash oddiy odamlarni bugun biz, istiqlol ne'matidan bahramand bo’layotgan minnatdor avlod, hurmat va

ehtirom bilan yodga olishimiz, ruhlarni shod etishimiz ham qarz, ham farzdir, bu xar birimizning insoniy burchimizdir.

Chunki xalq deganda uning ulug’ siymolari bilan birga millionlab oddiy vakillari-hunarmand-u dehqonlari, suvchi-yu cho’ponlari-barcha-barchasi yaxlit xolda namoyon bo’ladi.

O’z ozodligi yo’lida behisob qurbonlar bergan, mashaqqatli kurashlarda sabot va matonat ko’rsatgan xalqimiz xotirasi oldida, Yurtboshimiz ta'kidlaganidek doimo bosh egamiz.

Mazkur uslubiy tavsiyanomada xalqimiz erki va millat taraqqiyoti uchun, mustabid tuzum yillarida qatag’on etilgan vatandoshlarimiz to’g’risida ma'lumotlar va tavsiyalar berilgan.

Xalq-Qahramon, xalq xotirasi oldida doimo bosh egamiz. Mavzuyida bayram tadbirining tahminiy senariysi.

Kechani o’tkazish uchun taklifnomalar tarqatiladi. Kechaga qatag’onlik qurbonlarini va ularning oila a'zolarini taklif qilish mumkin. Xotira kechasi yozuvchilar uyushmasining bo’limlari, tarix va adabiyotshunos olimlar, "Ma'naviyat" targ’ibot markazi, "Mahalla", "Nuroniy" jamg’armalari vakillari hamda san'atkorlar taklif etiladi.

Kecha o’tkaziladigan zal oldindan maxsus bezatilgan bo’lishi kerak.

"Inson xotirasi-muqaddas tuyg’u" shiori yozib qo’yish mumkin.

Kechaga taklif qilinganlar o’z joylarini egallagach boshlovchi quyidagi kirish so’zi bilan kechani ochadi.

Boshlovchi: Assalomu alaykum hurmatli , aziz va mo’'tabar otaxonlar, munis onaxonlar kechamiz mehmonlari va qatnashchilari!

Mana bugun biz Prezidentimiz farmoniga ko’ra istiqlol yillarida milliy qadriyatlarni tiklash, nohaq unutilgan tarixiy siymolar xotirasini e'zozlash, aziz avliyolarimizning qadamjolarini mo’tabar ziyoratgoxlarga aylantirish, bir so’z bilan aytganda, tarixiy adolatni qaror toptirish maqsadida 31 avgust kuni qatag’on qurbonlarini yod etish kuni deb e'lon qilinishi munosabati bilan bayram kechasiga yig’ilganmiz.

   Jafokash xalqimiz asrlar davomida ne-ne sinovlar, mashaqqatli kunlarni ko’rmadi O’z ozodligi, erkinligi, tinch hayoti yo’lida kurashib, behisob qurbonlar bergan ota-bobolarimiz jasorati tarixiy xotiramizdan hech qachon o’chmaydi.

  Ayniqsa, mash'um 1937-1953 yillarda sodir etilgan bedodlikni tasavvur etish uchun O’zbekiston bo’yicha qariyb 100 ming kishi qatag’onga uchrab,  100 ming nafari otib tashlanganini eslash kifoya.

  Insoniy qadr-qimmati toptalgan, hayoti poymol etilgan bu odamlar orasida yurtimizda istiqomat qilgan deyarli barcha millat va elatlarning vakillari bor edi.

   Shu davrda qancha-qancha odamlarning o’z oilasidan judo bo’lgani, ayollar bevalikka, go’daklar yetimlikka mahkum etilganini inobatga olsak, xalqimiz, boshiga tushgan bu fojianing miqyosi yanada yaqqol namoyon bo’ladi.

   Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, "Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi.

Demak, tarix va xotira tushunchalari uzviy chambarchas bog’liqdir. qisqacha ta'riflasak, tarixiy xotirasiz - kelajak yo’q.

Shunday ekan biz tariximizni o’rganmasdan turib kelajakni tasavvur qilishimiz qiyin.

Shu ma'noda kechamizga tarix o’qituvchisini taklif etganmiz.

Tarix o’qituvchisi: Aziz do’stlar, Biz o’tgan azizlarimiz, qatag’on qurbonlari yohud Ikkinchi jaxon urushida fashizmga qarshi kurashgan otalarimizning muqaddas xotiralarini ardoqlab kelyapmiz. Ulug’ sarkardalar, milliy qahramonlarimiz, yovqur

ajdodlarimiz shavkatiga zo’r e'tiqod bilan qaramoqdamiz. Buyuk allomalar, ulug’ mutafakkirlar, ijod namoyondalarining tavallud sanalari umumxalq ko’lamidagi katta tadbirlar sifatida nishonlanayotganligi ham Millat va Xalq  xotirasining

buyuk timsollaridir.

  O’tganlarni xotirlash o’zbek xalqining tabiatida bor. Olloh shu xislatni bergan ekan, biz o’z ulug’larimiz, millat deya, xalq ozodligi deya o’z aziz jonlarini fido etgan otalarimizning porloq xotirasi oldida hamisha bosh egamiz,- ularning

muqaddas ziyoratgohlariga talpinib boramiz. Biz adolat tantana qilishining guvohi bo’ldik. Ismi tilga olinganda yetti mahalla naridan qochib ketgulik darajada haqoratlangan Behbudiy, Cho’lpon, Fitrat, Qodiriy nomlarini boshimizda ko’tarib

turibmiz. Usmon Nosir: "Bargdek uzilib ketsam. Unutmas meni bog’im"-deb yozganida bugungidek ozod kunlar kelishiga, shubhasiz qattiq ishongan.

Boshlovchi: Darhaqiqat, o’tmishga nigox tashlasang, bugunning shunchalik teran, ertangi kunning istiqbolini ham tiniq va ravshan ko’rasan. Xotira bu – o’tganlarni yod etish. Qadrlash esa tiriklarning izzat-hurmatini ularning hayotligida joyiga

Qo’ya bilmoqlik. Mehr va e'tibor ko’rsatmoqlikdir.

Shundan so’ng san'atkorlar ijrosida sahna ko’rinishi namoyish etiladi.

Boshlovchi: Aziz do’stlar! Ushbu kechamizga kutubxonamizning faol kitobxonlari she'rlar tayyorlab kelganlar. Hozir ularni eshitamiz. Marxamat.

 

 

1-kitobxon "Yurtim, ado bo’lmas..."

                             Muhammad Yusuf

"Yurtim, ado bo’lmas armonlaring bor,

 Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor.

 O’tmishingni o’ylab yig’laydi jonim

Ko’ksing to’la shahid o’g’lonlaring bor. "

 

Bag’rim o’rtar bir uy bahor ayyomlar,

 Oy borgan yoqlarga termulib shomlar.

Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,

Fayzulladek mardi-maydonlaring bor...

Yurtim.ko’nglimdek keng osmonlaring bor.

 Yulduzni yig’latgan dostonlaring bor.

 Osmonlaringdan ham diydoringa zor,

Jayrondek termulgan Cho’lponlaring bor.

Qo’ling qadog’iga bosay yuzimni,

Onamsan-ku, og’ir olma so’zimni,

Qayinbarglar yopib qaro ko’zini,

 Olislarda qolgan Usmonlaring bor.

Alhazar.alhazar, ming bor alhazar,

 Ana, yurishibdi kiyganlari zar,

Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar-

Mehrobingdan chaqqan chayonlaring bor...

Qurboning bo’layin, ey onajonim,

 Sening faryodlaring, mening fig’onim.

O’tmishingni o’ylab o’rtanar jonim.

Aytsam ado bo’lmas dostonlaring bor.

 

 

 

 

 

2 - kitobxon: Shahidlar yodi.

                    Jumaniyoz Jabborov .

Ular... minglab, balki milyon edilar,

 Yashashga tug’ilgan inson edilar,

Shirin jon edilar, iymon edilar,

Hali ushalmagan armon edilar.

Nogoh, changal urib dahshatli balo,

Ularni shu kunga etdi mubtalo,

Sirti xo’p yaltiroq, asli ajdaho,

 Sochdi g’azabini-yovuz va yuho...

 Ayblarin bilmasdan hayron edilar.

Ayblari emish xalqiga dushman,

Ularga yot emish shu yurt, shu gulshan,

Qalb-u fikrlari emish chirk, tuban-

Vatanni to’ntarib tashlashga tuban-

Ahd etgan, go’yokim nodon edilar.

Dillarni titratur jaxoniy olam,

Ruhlar chirqirashin tinglaymiz har dam,

 Bu dardni yozganda toqatsiz qalam-

Shaharim, qishlog’im, chamanim, dalam-

Ular Qodiriy va Cho’lpon edilar.

 Vale, bu dunyoda oliy hakam bor,

O’shal qudrat erur mangu ustuvor,

 Shahidlar bong urib har shomu shahar,

Bizni ogoh etar.bo’ling deb xushyor,

Ular xalqimizga qalqon edilar,

Abadiy barhayot vijdon edilar.

 

 

Boshlovchi: Hurmatli mehmonlar, hozir sizlarga yosh san'atkorlar tayyorlab kelgan mustaqillik, tinchlik haqidagi qo’shiqlardan havola etamiz.

Marhamat, tinglab tomosha qilinglar. (Konsert dasturi namoyish etiladi.)

Boshlovchi: Aziz do’stlar, kechamiz mehmonlari! Barchamizga ma'lumki, Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan mamlakatimizda istibdod qurbonlari sha'nini tiklash, tarixiy adolatni qaror toptirish borasida qator xayrli

ishlar amalga oshirildi. Go’zal poytaxtimiz Toshkent shaxrida "Shahidlar xotirasi" ziyoratgohi bunyod etildi.

   2001 yil 1 may kuni Prezidentimizning "Qatag’on qurbonlarini yod etish   kunini   belgilash   to’g’risida"gi   Farmoni   e'lon   qilindi.   Shu munosabat   bilan    bugungi    kechamizga    qatag’on    qurbonlari    bo’yicha izlanishlar olib borayotgan xodimga

bersak:

Xodim:

Qatag’on yillarining dahshatli zug’umi bois qanchadan - qancha asl hamyurtlarimiz millatimizning gullari mangulikka ko’z yumdi. Ularning barchasi ayni kamolot yoshida "xalq dushmani" sifatida qamaldi. O’sha kezlarda ularga qo’yilgan ayblar

ma'rifatga, oshno bo’lganligida, erkinlikka, istiqlolga intilganidadir.

       Mustaqilligimizning yettinchi yilida Prizidentimiz Islom

Karimov imzo chekkan Farmonga ko’ra, diyorimizda mustamlakachilik davri qurbonlari hotirasini abadiylashtirish borasida faoliyat ko’rsatadigan jamoatchilik komissiyasi tuzildi. Bu komissiya chor Rossiyasi davrida, o’ttizinchi, o’ttiz yetti – o’ttiz sakkizinchi, elliginchi va undan keyingi yillarda Respublikamizda qatag’onga yo’liqqan, quloq qilingan,     badarg’a    etilgan,     otilgan     mustamlakachilik    davri

qurbonlarini nomma- nom aniqlashga kirishildi.

   30 yilning o’zidayoq O’zbekistonda 2648 ta boylar va quloqlar xo’jaligi tugatilib,  qishloq aholisining tadbirkor hisoblanganlari oyog’iga bolta urdilar, olis yurtlarga surgun qilingan kishilarning aniq hisobi yo’q.

O’zbekistondan Ukraina Respublikasi va Stavropol o’lkasiga 10 ming oila badarg’a qilingan. Millionlab kishilarni abadiy muzliklar o’lkasiga oltin sanoatni yo’lga qo’yish va o’rmon kesish uchun yubordilar.

Boshlovchi: Raxmat. O’ylaymizki , xozirgina hikoya qilib berilgan voqealar kechamiz qatnashchilariga katta maktab vazifasini o’taydi. Suhbatingiz orqali kitobxonlar tinchlik, mustaqilligimizning Qadrini yana bir karra his qiladilar.  

Shuning uchun siz azizlar, tinchlikning, musaffo osmonimizning,

mustaqilligimizning qadriga yetinglar.

Hurmatli      mehmonlar,   hozir  sizlar  uchun     Uspenskiy      nomidagi Respublika ixtisoslashgan maxsus akademik   litseyining  yosh san'atkorlari tayyorlab kelgan qo’shiqlarni e'tiboringizga havola etamiz.

(Konsert dasturi namoyish etiladi)

Boshlovchi: Aziz do’stlar, hurmatli mehmonlar! Yurt ozodligi yo’lida ochilmay so’lgan milliy siymolar ruhini shod etib, armonu havaslarini ro’yobga chiqarish, ularning nomlarini avlodlar xotirasiga muhrlash ulkan saodatdir. Nomi o’chmas

qahramonlarimiz Behbudiy, Cho’lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriylarning nomlari va asarlari, Vatan ozodligi yo’lida ko’rsatgan fidoiyklari yoshlarimizga hamisha ibrat bo’lmog’i lozim.

   Fitrat Vatanni "Tilagim, istagim, saodatim!"- deb ardoqlagan edi. Ajdodlar o’gitiga quloq tutib, ona yurtimizni e'zozlamoq, asramoq, uning saodati yo’lida jonbozlik ko’rsatmoq burchimizdir.    

Shuning   bilan bugungi bayram kechamiz nihoyasiga yetdi.

Xayr, sog’ bo’linglar!

 

Категория: Ssenariylar | Просмотров: 9052 | Добавил: Azamat | Рейтинг: 3.6/8
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Aprel 2015  »
DuSeChorPayJuShanYak
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Архив записей
Друзья сайта
Copyright MyCorp © 2024