Payshanba, 28.11.2024, 18:45
maktabim.uz - yangi manzilimiz
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Testlar [1]
Testlar
Dars ishlanmalar [2]
Dars ishlanmalar
Ssenariylar [13]
Ssenariylar
Наш опрос
Saytga baho bering
Всего ответов: 298
Мини-чат
Статистика

Hozir saytda: 5
Mehmonlar 5
Foydalanuvchilar: 0

05:13
Xotira uygo‘nsa go‘zaldir! (Muhammad Yusuf)

Maktabda tadbir o‘tkaziladigan bino bayramona bezataladi. Sahna tepasiga shunday shoir ilingan:

Zamin uzra saf tortib bit kun,

Biz ketamiz qushlarday ko‘chib.

Bizdan bebaho ma`dan qoladi,

Bizdan ozod Vatan qoladi.

Parda orasiga mayin kuy chalinib, M. Yusufning

“O, ota makonib,

Onajon o‘lkam.

O‘zbekiston, jonim tushay soyanga.

Senday mehribon yo‘q

Seningdek ko‘rkam.

Rimni alishmasman bedapoyangga” – misralari o‘qiladi.

 

Boshlovchi: - Muhammad Yusuf o‘zbekning ardoqli shoiri. Uning qalbiga allaqanday sohir qush doimo sayrab turadi. Shoirning ko‘zlari ham, chehrasi ham hamisha latif bir kuyni xonish qilganday bo‘lib turar edi. M. Yusuf bugun oramizda yo‘q. Lekin bir nafas ham, o‘chirmaymiz,

Seni shoirim! Bugungi kechamizni qisqa umr ko‘rsa – da, chaqmoqdek chaqnab, muxlislari, o‘quvchilari qalbidan chuqur joy olgan, o‘zbek she`riyatining porloq ijodkori bo‘lgan ajoyib shoirimiz. M. Yusufga bag‘ishlaymiz.

Alp o‘g‘lonlar o‘lkasidir O‘zbekiston,

Erkli elning qanotlari, ilm istang.

Yarim Jayhun bunyot etgan Sohibqiron,

Alesherning avlodlari, ilm istang!   

1 - o‘quvchi: (M.Yusufning hayoti va ijod yo‘li haqida qishqacha ma`lumot beradi).

2 - o‘quvchi:

Yulduzlardan marjon taqib qizlar bo‘yniga,

Suluvlarning sarvarini sevib qolursiz.

She`rlar ila dillar oshno, ko‘ngillar oshno

Guldan nozik ko‘ngullarga mehr solibsiz.

3 - o‘quvchi: (Nazira As – salom timsolida)

Ko‘zlar emas, baxtimizga tegdi toshlar,

Egildi – ku, yodingizla necha toshlar,

Sizni yo‘qlab yig‘lamoqda shahri Shoshlar,

Andijonga ketdingizmi bizni tashlab?

Ming tepaning tepalari kam edimi?

Ajdodingiz bitta joyga jam edimi?

Sizni qo‘msab, ko‘zlarida nam edimi?

Andijonga ketdingizmi bizni tashlab?

Boshlovchi: M. Yusuf qalami o‘tkir shoir, o‘zbek she`riyatining ajoyib vakili edi.Uning bir qancha she`rlari kitobxonlar qalbiga kirib,qo‘shiqqa aylanib ketgan. Hatto yoshlarimiz qaynoq satrlarini uz madhiyalariga aylantirganlar.

Sevamizki,cho‘llaring ham bizga jannat,

Tuprog‘ing ham Makka misol muqaddasdir.

Onadek ko‘rgaymiz seni, O‘zbekiston,

Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston       

Sahna ko‘rinishi namoyish etiladi:

Ona: - (Nochorgina, o‘ylanib turadi. Shu payt ko‘cha eshikdan. M. Yusuf  oilasi bilan kirib keladi)

  • Voy bolam, keldingmi, o‘zimning shoir o‘g‘limdan.

M. Yusuf:

- Oyijon juda sog‘inib yeldek uchib kelaverdik nevaralaringiz hamnasihatlaringizni qo‘msab ketishdi.

Nevalalar:

- Buvijon, yaxshimisiz, omonmisiz ?

Kelin:

- Oyijon, sizni Toshkentga olib ketmasak bo‘lmas ekan. Xonadonimiz ko‘rki bo‘lib yurarsiz, Oyijon.(Mehmonlar shoy ustida suhbat qurishadi. Ona hursand,bag‘ri to‘lgan. )

Onasi: Bolam, yangi she`rlaringdan o‘qib bergin.

M. Yusuf: Xo‘p, oyijon. (She`r o‘qiy boshlaydi)

Gulday kulib yurmasdimi, O‘g‘lim deb,

Ko‘rib ko‘nglim to‘lmasmidi o‘g‘lim deb.

Onang o‘lsa bo‘lmasdimi, o‘g‘lim deb

Onam yig‘lar, onam yig‘lar, onam u.

Ona: Ey, nafasingni yellar uchirsin, iloyim senga yig‘lagulik qilmasin, oramda qolgin.

M. Yusuf: (kulib) – E, bu bir she`rda, oyijon.

Qizlari: Dadajon, dadajon bizni ham she`r qildingizmi?

M. Yusuf: - Ha, asal qizlarim.

- Qo‘rqaman ertaga men ketsam,

Yotar bo‘lsam, qumga bosib ko‘zlakim,

Ko‘nglimni ko‘chkiday bosadi bir g‘am,

yig‘lashni ham bilmas mening qizlarim.

Kelin: Dadasi, sizga nima bo‘ldi…..

Nega bunaqa she`rlar yozdingiz?

M. Yusuf: Qani qizlarim, yuringlar bog‘ni aylanib,choyxonaga chiqib kelamiz.(Chiqib ketishadi).

Boshlovchi: Oradan 4 kun o‘tib M. Yusuf o‘limi haqidagi shum xabar Enajon ayani, butun O‘zbekiston xalqini dovdiratib qo‘ydi.

1 - o‘quvchi -     

Bir arsloni o‘tdi o‘zbekning,

Ohi ko‘kka yetdi o‘zbekning.

Quyosh yig‘la, osmon aza tut,

Muhammad ketdi o‘zbekning

Baland ketdi, shohiga ketdi,

Jannatning ayvoniga ketdi.

Turk yurtini yelkashaday deb

Yassaviyning yoniga ketdi.     

(G’. Boytoyev ijrosidagi “Onam yig‘lar ” qo‘shig‘i eshittiriladi). Milliy libos kiygan o‘quvchilar chiqib, shoir she`rlaridan namunalar o‘qiydi.

Boshlovchi: M. Yusuf “Ey dil”, “Qora qo‘yosh”, “Ko‘hna quduq”, “Temirlar nidosi” kabi dostonlarham yaratdi.

Bir qancha ustozlarga so‘z navbati beriladi. Ular fikr bildirishadi.

(M. Xoliqovijrosiga aytilgan shoir she`rlari qo‘shiq holda yangraydi)

Boshlovchi: Umr oqar suv kabi o‘tib borayotgani, dunyoda eng g‘animat narsa didorligi yana bir bor o‘z isbotini topdi. Shoirni yo‘qotish - o‘quvchilar qalbini, jarohatlagan bo‘lsa – da, bugungi didorlashuv tadbiri hammani bir – biriga yaqinlashtirdi.

(Sevara Nazarxonnig “Ulug‘imsan vatanim” ashulasi ijro etiladi.)              

  • O‘qituvchi:

Haq yo‘lida siz limning ummatlari,

Haq yo‘lida hidoyati himmatlari.

Madad bo‘lsin Yassaviyning hikmatlari,

Bobo mashrab bayotlari, ilm istang.

Boshlovchi: Shu bilan sevimli shoirimiz M. Yusufga bag‘ishlangan abadiy kechamiz ham nihoyasiga yetdi. Har doim shoir she`lari sizlarga madakor  bo‘lsin.

Категория: Ssenariylar | Просмотров: 17391 | Добавил: Azamat | Рейтинг: 3.5/2
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Aprel 2014  »
DuSeChorPayJuShanYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Архив записей
Друзья сайта
Copyright MyCorp © 2024