Juma, 26.04.2024, 16:48
maktabim.uz - yangi manzilimiz
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Testlar [1]
Testlar
Dars ishlanmalar [2]
Dars ishlanmalar
Ssenariylar [13]
Ssenariylar
Наш опрос
Saytga baho bering
Всего ответов: 296
Мини-чат
Статистика

Hozir saytda: 2
Mehmonlar 2
Foydalanuvchilar: 0

05:06
SOHIBQIRON BOBOMIZ
SOHIBQIRON BOBOMIZ

 

4-sinflar uchun tadbir ssenariysi

Sahna yoki sin fxonasi o`ziga xos uslubda bezatilgan. To`rda buyuk sarkarda Amir Temur portreti. Uning vatanparvarlik, adolat, yaxshilik borasidagi tuzuklaridan namunalar, shuningdek, Sohibqiron haqidagi allomalarimiz, muhtaram Yurtboshimizning so`zlari yozilgan plakatlar osilgan. Sharlar, gullar sahna ko`rkiga ko`rk qo`shgan.

 

Milliy libosda ikki boshlovchi sahnaga chiqishadi. Ular «Yuz yilda tug'ilar bir sardor» sherini aytadilar.

 1-boshlovchi:

Hotam dunyo himmatlari bor,

Hikmati bor har bir tuhfasin.

Yuz yilda bir tug`illsa sardor,

Uni Parvardigor asrasin!..

 

2-boshlovchi:

Beshikda tinch uxlar go`dak jon,

Kulgusiga sadaqa bu jon.

Millat uchun kim bolsa qalqon,

Parvardigor o`zi asrasin.

 

1-boshlovchi:

Yomon ko`zdan saqlasin zinhor,

Kamolingni koYolmaslar bor.

Kimki karvon boshidagi nor,

Parvardigor o`zi asrasin.

 

2-boshlovchi:      

Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, qadrli ustozlar, hurmatli o`quvchilar. Bugungi buyuk sarkarda, qudratli saltanat asoschisi, jahongir bobomiz Amir Temur tavalludiga 675 yil tolishi munosabati bilan o`tkazilayotgan tadbirimizga xush kelibsiz!

1-boshlovchi: Sohibqiron bobomiz faqat bizninggina emas, balki jahon tarixining eng ulug` eng yorqin siymolaridan biridir.

Yetti iqlimga mashhur ulug' jahongir tengi yo`q sarkarda sifatida tan olingan, uning nomi tarix sahifalariga manguga bitilgandir.

2-boshlovchi: Bugun biz donishmand alloma, Movarounnahr zaminida o'z xalqini chet el bosqinchilaridan himoya etgan, qudratli davlat tuzgan Amir Temurning

 

bosib o`tgan ibratli yoliga bir qur nazar solamiz.

O`quvchilar ijrosida Vatan haqida qo`shiq kuylanadi. Qo`shiq nihoyasiga yetgach, boshlovchilar navbatni tadbir ishtirokchilariga beradi.

Sahnaga milliy libosdagi o`quvchilar chiqishadi. Ular ulug' davlat arbobi Amir Temurhayoti va faoliyati haqida o`zlaydilar.

1-o`quvchi: Jahongir bobomiz — Muhammad Tarag'ay Bahodir og`li Amir Temur 1336 yil 9 aprelda Shahrisabz yaqinidagi Xo`jailir qishlog`da tug`iladi. U barlos beklaridan bo`lgan Tarag'ay Bahodirning og`li edi.

2-o`quvchi: Temur bolaligidan aqlli, ziyrak va juda epchilligi bilan tengqurlaridan ajralib turardi.

Iqtidori va ilm olishga bo`lgan zo`r ishtiyoqi tufayli dunyoviy ilmlarni, shuningdek, harbiy san'atni ham puxta egallagan.

3-o`quvchi: Qur'oni Karimni yod olgan. Hadis ilmini mukammal bilgan. Qo`rqmas, jasur chavandoz sifatida ham elga tanilgan.

4-o`quvchi: 25 yoshida Shahrisabz hokimi lavozimini egallagan va katta ishlarga qo`l urgan. Faoliyati davomida o`z tadbirkorligi bilan nom qozongan.

5-o`quvchi: Buyuk sarkardaning butun hayoti jangu jadallar bilan o`tganligi tarixdan ma'lum.

U Movarounnahrda mustaqil birlashgan davlat tuzdi. Mamlakatni chet el bosqinchilaridan asradi.

6-o`quvchi: Natijada tinchlik, osoyishtalik tufayli uning davlatida marifat, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san'at o`sdi, rivojlandi. Shaharlar obod boldi. Betakror obidalar, madrasalar qad rostladi, bog`lаг barpo etildi.

7-o'quvchi: Ayniqsa, Temur davlati poytaxti hisoblangan Samarqand shahrida qurilgan va dunyo

ahlini lol qoldirgan me'moriy obidalar hanuzgacha shahar ko`rkiga betimsol ko`k bag`shlab turibdi.

8-o`quvchi: Shuning uchun ham Samarqand «Sayqali ro`yi zamin» — butun yer yuzining sayqali, husni, deya ta`riflangan. Havosi toza, tabiati nihoyatda go`zal, uch tarafidan tog`lar o`ab turgan, suvi то`l bu hudud temuriylar davrida, jannatmakon bir go`zal maskanga aylangan.

9-o`quvchi: Bu haqda «Boburnoma»da ham qimmatli ma'lumotlar keltirilgandir.

10-o`qquvchi: Amir Temur o'z davrida mamlakatini iqtisodiy barqaror gullab yashnashi uchun ko`plab ibratli ishlarni amalga oshirgan.

U-o`quvchi: U ayniqsa, dehqon, hunarmand, kosiblar mehnatini nihoyatda qadrlagan. Tarbirkor sifatida turli sohalarni rivojlantirgan.

O`quvchilar milliy raqslarimizdan birini ijro etishadi.

Boshlovchilar botir sarkarda haqidagi tarixiy ma'lumotlardan so’zlaydilar.

1-boshlovchi:Tarixchi  Sharafiddin Ali Yazdiy o`zining «Zafarnoma» asarida Sohibqironning hayoti va zafarli yurishlari haqida muhim ma'lumotlarni beradi.

Asar aslida Temurning nabirasi Shohruh Mirzoning tfgli — Sulton Ibrohim topshirig'i bilan yozilgan bo`lib, temuriylar davlati boshqaruvi, ulug* saltanat egasining bu boradagi amalga oshirgan ishlari haqida qimmatli ma4umotlar beradi.

2-boshlovchi: Tarixchining e'tiroficha, Amir Temur — davlat, mamlakat va fuqarolaming g`amxo`ri edi. Uning butun umr amal qilgan oltin qoidasi — «rosti — drusti» edi. Ya'ni, «haqiqat — sihat-salomatlik», «haqiqat — tartib», «haqiqat — adolat» demakdir, deya ta'kidlardi buyuk sarkarda.

1-boshlovchi: Dunyoga mashhur  donishmand bobomiz jangu jadallarga to`a hayoti davomida barcha davlat boshqaruvidagi insonlarga o’zining adolat, insof va diyonatdan, insoniylikdan saboq beruvchi tuzuklarini qoldirdi. «Temur tuzuklari»ni bugun juda ko`plab xalqlar sevib o`qiydi.

Oquvchilar Sohibqiron tuzuklaridan namunalar keltiradilar.

 

 

 

 

— Mergan ovda bilinar, botir —yovda.

—   Til — qilichdan o’tkir.

—  Toy mingan ot ham minadi.

 

 

 

 

 

 

Ular «Amir Temur bobomiz» sherini jo’r bo’lishib aytishadi.

1-boshlovchi: «O’zbekistonning bugungi ozodligini mustahkamlash davrida Amir Temur biz uchun buyuk davlat asoschisi sifatida qadrlidir. U qudratli davlat poydevorini qurgan, davlatning huquqiy asoslarini barpo etgan. Uning davlatchilik borasidagi fikrlari nafaqat o’z davri, balki kelgusi avlodlar uchun ham katta ahamiyat kasb etadi», — degan edi muhtaram Prezidentimiz.

Oquvchilar istiqlolsharofati tufayli boy tariximiz, milliy ma'naviy qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimiz o’zligimizga qaytganligi borasida ham navbat bilan so’zlaydilar.

Mustaqillikka erishganimizdan
so'ng Yurtboshimiz rahnamoligida
ko’pgina ezgu ishlar amalga oshirildi.
Yurtimizda ilk bor buyuk sarkarda
bobomizga haykal ornatildi.

1996 yil «Amir Temur yili», deb е`lоn qilindi.

Poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida muhtasham bino

      — Temuriylar tarixi davlat muzeyi qad ko`tardi.

     —   Buyuk davlat arbobi nomi bilan ta'sis etilgan «Amir Temur» ordeni bilan eng avval u tug`ilgan shahar
     — Shahrisabz va Sohibqiron davlatining poytaxti, buyuklar maskani bo’lmish Samarqand taqdirlandi.

 

—   Temuriylar avlodining yirik vakili, O`z bilim, tafakkuri «Zichi Ko`ragoniy»dek shoh asari bilan koinotni zabt etgan, dunyoviy ilmlami mukammal egallagan Amir Temurning suyukli nabirasi Muhammad Tarag`ay Ulug'bekning jahon ilmu fani rivojiga qo’shgan xizmatlari benihoya kattadir. U qurdirgan madrasalarda, tashkil qilgan Akademiyada o’z davrining yetuk olimlari faoliyat ko’rsatgan.

Mirzo Ulug'bekning 600 yillik tantanalari ham 1994 yilda awal Fransiyada, so`ngra Samarqandda keng tantana qilindi.

2-boshlovchi: «Bu dunyoda xalqimiz, millatimiz, O’zbekistonimiz bor ekan, Amir Temur nomi barhayot!.. Amir Temur nafaqat Turon, Turkiston, O`zbekiston zaminining, balki insoniyatning eng ulug` daholaridan biridir», — deya ta'kidlagan edilar

Yurtboshimiz, biz — buyuklar avlodi ekanligimizga ishora qilib.

— Temur bobomiz kabi buyuklarga beshik bo`lgan shu qutlug' zaminda ilm-fanda, tibbiyotda, ilmi-nujumda, adabiyot va san'atda butun dunyoga tanilgan ulug` ajdodlarimiz — Mirzo Ulug`bek, Al Xorazmiy, Al Buxoriy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlar kamol topgan. Ular buyuk tariximizning zabardast vakillaridir. Biz ulug' siymolarimiz bilan doimo faxrlanib yashaymiz.

O’quvchiliar tadbir boshlanishida o’qilgan sho’rni davom ettirishadi.

 

Dunyoga boq xayol

yetmagan, Burchagi yo’q olov

ketmagan. Osmoni tinch, osuda

Vatan!.. Parvardigor o'zi asrasin.

—Boshin silab yoshu kattasin,

Chinordayin shoxu novdasin.

Asraguvchi Temurzodasin,

Parvardigor o’zi asrasin.

 

* * *

—Kengashganga dunyo keng, axir

Biring — yoqa, biring — yeng axir!

Qavmim kel, deb kim ochsa bag`r ,

Parvardigor o’zi asrasin.

 

Boshlovchilar yakunlovchi so’z aytadilar.

Aziz mehmonlar, qadrli o`quvchilar, shu bilan Sohibqiron bobomiz tavalludiga bag`ishlangan tadbirimiz nihoyasiga yetdi. Xayr, omon bo’ling!

Oquvchilar ijrosida «Ozbekiston» qo’shig'i 'yangraydi. Unga barcha jo’r bo’ladi.

 

Категория: Ssenariylar | Просмотров: 5155 | Добавил: Azamat | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Aprel 2014  »
DuSeChorPayJuShanYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Архив записей
Друзья сайта
Copyright MyCorp © 2024