“YaNGI YIL BAZMI”
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz davramiz qatnashchi- lari!
“YaNGI YIL BAZMI”
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz davramiz qatnashchi- lari!
2-boshlovchi: Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar, hurmatli hamkasabalar.
1-boshlovchi: Bugungi “Yangi yil bazmi” bayram karnavali- mizga xush kelibsizlar.
2-boshlovchi: Avvalambor sizlarni yaqinlashib kelayotgan yangi yil bilan chin dildan muborakbod etamiz.
1-boshlovchi: Sizlarga sog'lik, baxt, uzoq umr, ishlaringizda omad tilaymiz. Yangi yildagi ishlaringizda rivoj tilaymiz.
2-boshlovchi: Keling bayram kechamizni ajoyib bir qo'shiq bilan boshlaymiz.
1-boshlovchi: Yangi yil bayrami yil boshlanishi qadimda turli fasllarda nishonlangan. Jahonning ko'pgina mamlakat- lari Grigoryan taqvimi bo'yicha yangi yilni nishonlay boshla- ganidan so'ng XX asrda O'zbekistonga ham bu an'ana kirib kelgan. Mustaqillikdan so'ng 1992 yilning 3 iyulida qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasida bayramlar kunlari” to'g'risidagi Qonun asosida 1 yanvar – Yangi yil bayrami deb belgilandi.
2-boshlovchi: Darhaqiqat yangi yil bayrami juda ko'p mamla- katlar qatori bizning ona diyorimizda ham ajoyib tantanalar bilan nishonlanadi. Kelinglar dasturimizning avvalida davra- mizga Qorbobo va Qorqizni taklif qilamiz. Marhamat Qorbobo va Qorqiz, davramizga xush kelibsiz.
(Qo'shiq. Qorbobo va Qorqiz raqsga tushadi).
1-boshlovchi:
Orziqib kutilgan aziz mehmondek
Tashrif buyurmoqda Yangi yilimiz.
Qalbimiz yorishib nurli osmondek,
Go'zal his-tuyg'uga to'lar dilimiz.
Yangi yil kutmoqlik ezgulik tilab,
Ulug' ahd sanalur har xonadonda.
Shodon chehralarda gul ochar xanda.
Orzular mazmuni – tinchlik, omonlik,
Gulzordek yashnasin ona-yurt bog'i.
2-boshlovchi:
Aslo tark etmasin erk, farovonlik,
Abad porlayversin Vatan bayrog'i.
Yillar o'taverar bo'g'inma-bo'g'in,
Hayot zanjirida oltin xalqadek.
Yurakka joy aylab yurt ishqi cho'g'in,
Olg'a boshlayverar bizni darg'adek.
Peshona terimiz bilan o'lkamiz
Dovrug'in olamga taratmoqdamiz.
1-boshlovchi: Bugungi bayram karnavalimizga biz bir guruh san'at ahillarni taklif etganmiz. Hozir navbatni ...qiziqchi- lar guruhiga beramiz.
(Yangi yil hazillari).
2-boshlovchi: Endi navbat maktabimizning xush ovoz xonandasi ........ beramiz.
(Qo'shiq yangraydi).
1-boshlovchi: Barchamiz yaxshi bilamizki Yangi yil bayram- lari hech qachon Qorbobo va Qorqizsiz o'tmagan. Hozir tabrik uchun so'zni qorbobodan eshitamiz.
(Qorboboning tabrigi)
Rahmat qorbobo.
Rahmat. Marhamat, barchangizni raqsga taklif etamiz.
(Qo'shiq yangraydi).
1-boshlovchi:
Yana elimizda muqaddas ayyom,
Kutyapmiz Yangi yil tongini xursand.
Muborak bo'lg'usi shu qutlug' bayram –
Qutlug' tilagimiz dillarga payvand.
Kirib kelayotgan Yangi yilimiz muchal taqvimi bo'yicha .....yili ekan. Bu yil aytishlaricha to'kin-sochin, serhosil va osudalik yili bo'lar ekan. Sizlarni Yangi yil bilan yana bir bor tabriklaymiz.
2-boshlovchi: Bayramona kayfiyat sizlarni yil davomida tark etmasin, chehrangizdan tabassum, dasturxoningizdan qut- baraka arimasin. Bayram dasturimiz nihoyasida sizlarni zalda tashkil qilingan Yangi yil mavzusidagi rasmlar ko'rgazmasiga taklif etamiz, marhamat.
1-boshlovchi: Xayr, salomat bo'linglar.
Kel, yana shod ko'nglimizni ayla shodon, Yangi yil,
Senda ijrosin kutar ko'p orzu-armon, Yangi yil.